Xizmatlarimiz
Qo‘shimcha mahsulotlar va integratsiyalar
Asosiy tizimlarimiz ustiga qo‘shib boriladigan mobil ilovalar, botlar, boshqaruv modullari va integratsiyalar — talabga qarab ulanadi.
Rahbar uchun shaxsiy moliyaviy pultlar
Ma’lumotlar xaosini bitta markazga yig‘ish tizimlari
Bizneslaringiz kattalashgani sari uni turli dastur va tarqoq fayllar orqali boshqarib bo‘lmaydi — bunday holatlar uchun ikkita asosiy yechim.
Group Finance Monitor (GFM)
Konsolidatsiya tizimi- Kimlar uchun
- Bir nechta turli yo‘nalishdagi bizneslarga (masalan: zavod, do‘konlar tarmog‘i va klinika) ega bo‘lgan tashkilotchilar uchun.
- Muammo
- Qaysi biznesingiz sizni boqayotganini, qaysi biri zarar keltirayotganini umumiy hisobda aniq ko‘ra olmaysiz — bizneslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari chalkashib ketgan.
- Nima beradi
- GFM barcha bizneslaringizning moliyaviy ko‘rsatkichlarini birlashtirib, umumiy holatni bitta dashbordda ko‘rsatadi. Bizneslar o‘rtasidagi ichki qarzdorliklar avtomatik “nolga” tushiriladi va siz real sof foydangizni ko‘rasiz.
Central Finance Collector (CFC)
Ma’lumotlarni markazlashtirish- Kimlar uchun
- Bitta biznes ichida ma’lumotlar turli joylarda (1C, Excel, boshqa CRM’lar) tarqalib ketgan korxonalar uchun.
- Muammo
- Moliyachingiz turli bazalardan ma’lumotni Excel’ga qo‘lda ko‘chirib, hisobot yig‘ish uchun kunlab vaqt sarflaydi — inson xatosi tufayli noto‘g‘ri qaror qabul qilish xavfi yuqori.
- Nima beradi
- CFC tizimi barcha dastur va manbalardan ma’lumotlarni inson aralashuvisiz, avtomatik (API orqali) bitta markazga yig‘adi. Moliyachingiz vaqti tejaladi, siz esa har kuni ertalab benuqson, yagona moliyaviy hisobotni ko‘rasiz.
ERP va boshqaruv modullari
Mobil ilova va Telegram botlar
Markirovka va fiskal tizimlar
Tizim integratsiyalari
Eng yaxshi biznes yechimlarini qidiryapsizmi?
Biznesingizni rivojlantirish uchun yordam beramiz. Xabar qoldiring — mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishadi.
