Biz qanday ishlaymiz
Kasalni tashxissiz davolamaymiz va tartibsizlikni avtomatlashtirmaymiz. Har bir loyiha — Texnik topshiriq va tasdiqlangan jadval asosida.
Chuqur audit va tashxis
Dasturni taklif qilishdan boshlamaymiz. Avval biznesning “DNK”sini — tarixi, muammolari va kelajakdagi maqsadlarini to‘liq o‘rganamiz.
- Kompaniya tarixi, filiallari va 3–5 yillik rejalarini o‘rganamiz
- Tashkiliy tuzilma va moliyaviy hisob siyosatini tahlil qilamiz
- Barcha biznes-jarayonlarni (xarid, savdo, ombor, ish haqi) puxta o‘rganamiz
- Raqamlashtirish darajasi va mavjud IT-infratuzilmani baholaymiz
- Xodimlar salohiyatini va mijoz kutganlarini aniqlaymiz
- Foydangizni yemirayotgan yashirin og‘riqli nuqtalar va eng sekin ishlayotgan “tor bo‘g‘inlar”ni (bottlenecks) aniqlab, korxonaning real moliyaviy holatiga xolisona baho beramiz
Texnik topshiriq (TZ)
Audit natijalari asosida biznesni “sog‘lomlashtirish” rejasini tuzamiz.
- Har bir aniqlangan muammo uchun aniq yechim ishlab chiqamiz
- Kelajakdagi o‘sishni hisobga olib, tizimni moslashuvchan qurib chiqamiz
- Batafsil Texnik Topshiriqni (TZ) tayyorlab, mijoz bilan birga tasdiqlaymiz
- Loyihani mantiqiy bosqichlarga (sprintlarga) bo‘lamiz
- Aniq narx va qat’iy taymlaynni (jadval) belgilaymiz
Arxitektura himoyasi
Har bir raqam va muddat ortida aniq asos va kafolat turadi.
- TZ va smetani rahbariyat ishtirokida taqdim etamiz (“arxitektura himoyasi”)
- Mijoz imkoniyatlariga qarab shartlarni moslashtiramiz (Win-Win)
- Rasmiy shartnoma tuzamiz — TZ va muddatlar ilova sifatida biriktiriladi
- Avans olingandan so‘ng loyihaga rasman start beriladi
- Foyda va xarajatlar qanday taqsimlanishini ilmiy va amaliy jihatdan tartibga solib, korxona uchun to‘g‘ri moliya va hisob siyosati arxitekturasini quramiz
Shaffof joriy qilish
Pul olib g‘oyib bo‘ladiganlardan emasmiz — har bir qadam mijoz ko‘z o‘ngida.
- Dasturlash va sozlash ishlari qat’iy Taymlayn asosida olib boriladi
- To‘lovlar bosqichma-bosqich, sprintlar yakunlanishi bilan amalga oshiriladi
- Har hafta yozma status-hisobot beriladi
- Har bosqichda tayyor modul ko‘rsatilib, yangi qoidalar joriy etiladi (Agile)
Xodimlarni o‘qitish va nazoratli ishga tushirish
Dastur — vosita, xolos. Uni mohirona qo‘llay oladigan jamoa kerak.
- Har bir xodim o‘z lavozimi bo‘yicha chuqur o‘qitiladi
- Xodimlar nazariy va amaliy imtihon topshiradi
- Faqat imtihondan o‘tganlar tizimga shaxsiy login va parol oladi
- Tizim TZ’ga 100% mosligi tekshirilib, Go-Live uchun rasmiy ruxsat olinadi
3 oylik qo‘llab-quvvatlash
Dasturni o‘rnatib, ketib qolmaymiz — natijaga birga erishamiz.
- Tizim belgilangan sanada, bosqichma-bosqich, stresssiz ishga tushiriladi
- Birinchi haftalarda jamoamiz kuchaytirilgan nazoratda (“Hypercare”) ishlaydi
- 3 oy davomida oylik moliyaviy hisobotlarni mijoz bilan birga yopamiz
- “Mualliflik nazorati” asosida xodimlar tizimdan to‘g‘ri foydalanishini kundalik kuzatib, nostandart operatsiyalarni qanday to‘g‘ri kiritishni ko‘rsatib boramiz
- Faqat shundan keyin Ish topshirish Akti imzolanadi, so‘ng doimiy tex-support boshlanadi
Joriy qilish va texnik yordam bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarimiz
Dasturni sotib qochib ketmaymiz — loyiha boshlanishidan to u to‘liq avtomatik ishlab ketgunicha barcha mas’uliyatni o‘z bo‘ynimizga olamiz.
Joriy qilish va ishga tushirish
Eski tizimdan (yoki Excel’dan) yangisiga o‘tish jarayoni stresssiz va biznes ishini to‘xtatib qo‘ymaydigan tarzda, qat’iy reja asosida amalga oshiriladi. Dastur to‘liq ishga tushgunicha (Go-Live) har bir qadamda ko‘maklashamiz.
Xodimlarni o‘qitish
Jamoangizni yangi tizimga moslaymiz. Xodimlarni roliga qarab o‘qitamiz, nazariy va amaliy imtihon olamiz — faqat sinovdan o‘tganlarga tizimda ishlashga ruxsat beriladi.
Tarmoq va serverlarni sozlash
Dastur mukammal ishlashi uchun kerak bo‘ladigan barcha lokal tarmoqlar, serverlar va uskunalarni sozlash ishlarini o‘zimiz bajaramiz — alohida IT-xodim qidirishga hojat yo‘q.
Kundalik texnik yordam
Loyiha ishga tushgandan so‘ng ham mijoz doimiy texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limimiz nazoratida bo‘ladi. Kundalik savollar bo‘yicha tezkor yordam va ko‘rsatmalar berib boramiz.
Mijoz joyiga borib xizmat ko‘rsatish
Masofadan hal qilib bo‘lmaydigan murakkab vaziyatlarda mutaxassislarimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonangizga yetib borib, muammoni joyida hal qilib beradi.
Bozorda kam uchraydigan yondashuv
Avval audit, keyin taklif
Eshikdan kirib darrov dastur taklif qilmaymiz — avval chuqur audit o‘tkazamiz.
Xodimlar imtihon topshiradi
Faqat imtihondan o‘tgan xodimlar bazangizga kirish huquqini oladi.
3 oy birga hisobot yopamiz
Natija — dastur emas, balki uch oy davomida chiqadigan aniq moliyaviy hisobot.
Mijozlarimiz nima deydi
Datafin jamoasi bizning savdo jarayonlarimizni to‘liq o‘rganib chiqib, aynan bizga mos tizim qurdi. Ombordan kassagacha barcha harakat endi bir joyda ko‘rinadi.
Bir necha filial va omborni bitta tizimda boshqarish imkoni bo‘ldi. Hisobotlar real vaqtda, qarzdorlik nazorati esa avtomatik.
Qo‘llab-quvvatlash xizmati eng kuchli tomoni. Har qanday savolga tez javob olamiz, dastur biz bilan birga o‘sib boradi.
Eng yaxshi biznes yechimlarini qidiryapsizmi?
Biznesingizni rivojlantirish uchun yordam beramiz. Xabar qoldiring — mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishadi.
