Kontentga o‘tish
Datafin
Kompaniya haqida

Biznesingiz uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqamiz

Datafin — dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya. Biz biznes uchun tizimlar, platformalar va tayyor yechimlarni ishlab chiqamiz.

11+
Yil bozorda
15+
Mutaxassis
Yondashuv

Standart dastur emas — sizning jarayoningiz

Mijozlarimizning bizning xizmatimizdan foydalanishlarining asosiy sabablaridan biri — Datafin jamoasi har bir mijozga individual yondashadi va talabidan kelib chiqib dasturni moslab beradi. Shuningdek tajribali mutaxassislar har bir talab bo‘yicha eng foydali va kerakli yechimlarni mijozlarga taqdim etishadi.

Har bir biznesga tuzilgan dasturiy ta’minot o‘z ichiga olgan korxonaning moliyaviy, buxgalteriya, xodimlar, sotuv, mijozlar bilan ishlash bo‘limlari va boshqa qo‘shimcha qurilmalar hamda boshqa dasturlar bilan integratsiya qilish imkoniyati mavjudligi bilan boshqa dasturiy ta’minotlardan ajralib turadi.

Biz O‘zbekistonning turli burchaklari va qo‘shni mamlakatlardagi mijozlarga xizmat ko‘rsatamiz. Jamoamizda 15 dan ortiq tajribali xodim mavjud.

Falsafamiz

Ishonch. Tizim. Natija.

Biz raqamlar hech qachon yolg‘on gapirmasligiga ishonamiz. Dastur o‘rnatib ketib qolmaymiz — tadbirkorga o‘z biznesini shaffof ko‘rish imkoniyatini va xotirjamlikni beramiz.

Agar Datafin odam bo‘lganida — u tartibni yaxshi ko‘radigan, aniq hisob-kitob qiladigan tajribali ekspert va har qanday chalkashlikdan chiqish yo‘lini topa oladigan ishonchli do‘st bo‘lardi.

Kelajak

2–3 va 5–10 yillik rejalarimiz

Yaqin 2–3 yil ichida O‘zbekiston bozorida boshqaruv hisobi va ERP tizimlarini joriy qilish bo‘yicha eng ishonchli kompaniyalardan biriga aylanishni maqsad qilganmiz. 5–10 yil ichida esa qo‘shni davlatlar bozoriga chiqib, yirik korporatsiyalar uchun avtomatlashtirish va konsalting standartlarini belgilaydigan kompaniyaga aylanishni rejalashtiramiz.

Shu bilan birga, bir nechta biznesga ega mijozlarimiz uchun barcha kompaniyalarning moliyaviy holatini bitta joyda ko‘rsatadigan yangi yechim — Group Finance Monitor (GFM) — ustida ishlamoqdamiz.

Nega Datafin

Biznesingizni professionallarga ishoning

Individual yondashuv

Datafin jamoasi har bir mijozga individual yondashadi va dasturni talabidan kelib chiqib moslab beradi.

Sifatli qo‘llab-quvvatlash

Alohida tex-support jamoasi. Tizim ishga tushgandan keyin ham savollaringiz javobsiz qolmaydi.

Professional jamoa

15 dan ortiq tajribali mutaxassis: 1C, iOS va Android developerlar, project managerlar, tex-support.

Qurilmalar bilan integratsiya

Skaner, printer, TSD, elektron tarozilar va boshqa dasturlar bilan bog‘lash imkoniyati.

To‘liq moliyaviy nazorat

Moliya, buxgalteriya, xodimlar, sotuv va mijozlar bilan ishlash bo‘limlari bitta tizimda.

Mobil nazorat

Biznes egasi uchun jarayonlarni chetdan onlayn kuzatib borish uchun alohida mobil ilova.

Qanday ishlaymiz

Tizimni xavfsiz joriy qilishning 6 ta bosqichi

Bizning mijozlarimiz

Raqamlarda Datafin

O‘zbekistonning turli burchaklari va qo‘shni mamlakatlarda ishlaydigan mijozlar.

1 000+
Ishonch bildirgan hamkorlar
40+
Muvaffaqiyatli loyihalar
11+
Yillik tajriba
15+
Tajribali mutaxassislar
Tortib aylantiring · nuqtani tanlang
Joylashuv
ToshkentO‘zbekiston
Mahalliy vaqt
--:--:--
Koordinatalar
41.31° N / 69.24° EBosh ofis
O‘zbekiston bo‘ylabSamarqandBuxoroNamanganAndijonFarg'onaNukusUrganchQarshiTermizNavoiyJizzaxGuliston

Bizga ishonch bildirganlar

Elma
Sadaf
Ice & Gold
Nishon
Hydro Plast
Bulut
Alkan Group
Furnimax
Yufurni
Zo‘r Tovuq
Istiqlol
O‘zbekiston Temir Yo‘llari
SOF Katol
Motor Oil Formula
Voltus
Texa
Bronn
Pipitto
Howo Centre
Umar Teks
Yelkan
Al Temur
Chikako
Vodiy Export
Globus
Eyerest
Fraga
Astore Electronics
Atoyo
Baraka
Baseus Case House
Boosner
Bostr
Debyut
Delong
EcoArt
Elektro Kabel
Ipak Yo‘li
Lux Tech
Mansuro
Master Tools
Me’mor
Neksus
Odisher
Santex Market
Stroy Sentr
Wonstroy
Bravo 500
Elegant Underwear
Marba
Pelot
Vaav Lighting
Xonchiroq
Xsoff
Mijozlar fikri

Mijozlarimiz nima deydi

Datafin jamoasi bizning savdo jarayonlarimizni to‘liq o‘rganib chiqib, aynan bizga mos tizim qurdi. Ombordan kassagacha barcha harakat endi bir joyda ko‘rinadi.
ELRajabov A.Elma
Bir necha filial va omborni bitta tizimda boshqarish imkoni bo‘ldi. Hisobotlar real vaqtda, qarzdorlik nazorati esa avtomatik.
ALJo‘rayev Sh.Alkan Group
Qo‘llab-quvvatlash xizmati eng kuchli tomoni. Har qanday savolga tez javob olamiz, dastur biz bilan birga o‘sib boradi.
BAAsadov S.Baraka
Jamoa

Bizning jamoa

15 dan ortiq tajribali xodim: 1C, iOS va Android developerlar, project managerlar va tex-support jamoasi.

Barkamol Ahmedov
Barkamol AhmedovFounder & Financial advisor
Akramxon Shuhratjonov
Akramxon ShuhratjonovProject manager
Rustam Abdullayev
Rustam AbdullayevSales manager
BX
Barxayot XasanovTeam lead
Muhammadrizo G‘ulomov
Muhammadrizo G‘ulomovTech support lead
BA
Bexzodjon AbdumalikovSystem administrator
Abdulloh G‘ulomov
Abdulloh G‘ulomov1C developer
Abdulqosim To‘lqinov
Abdulqosim To‘lqinov1C developer
Abdurahmon Murodov
Abdurahmon Murodov1C developer
JM
Jahongirmirzo Mehmonov1C developer
Shuhratbek Mirzayev
Shuhratbek Mirzayev1C developer
AT
Azizxon ToshtemirovAndroid developer
Ahrorxo‘ja A’zamxo‘jayev
Ahrorxo‘ja A’zamxo‘jayeviOS developer
Alisher Mehmonaliyev
Alisher MehmonaliyevImplementation specialist
DS
Dilshodjon SultanovTech support
Mirzohid Sobirov
Mirzohid SobirovTech support
RG
Rasulxon G‘aniyevTech support

Eng yaxshi biznes yechimlarini qidiryapsizmi?

Biznesingizni rivojlantirish uchun yordam beramiz. Xabar qoldiring — mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishadi.

Xabar qoldiring

Mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishadi

Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi. Maxfiylik siyosati